Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Turkmaniston chegarasida 2 ta chegara o‘tkazish punktlari faoliyati qayta tiklandi
26.11.2021 12:13,  
68

2020 yilda koronavirus pandemiyasi sabab faoliyatiga cheklov qo‘yilgan "Xo‘jayli" va "Shovot" chegara o‘tkazish punktlari o‘z ishini qayta tikladi. Bu haqda Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Bugungi kunda xalqaro yuk tashuvlari uchun faoliyat yuritayotgan "Olot" chegara o‘tkazish punktiga qo‘shimcha ravishda yana 2 ta chegara o‘tkazish punkti faoliyati qayta tiklanadi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 18 noyabr kuni transport va logistika masalalari bo‘yicha o‘zbek turkman ishchi guruhining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.

Videokonferensiya aloqa shaklida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuv davomida kelishilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun “Xo‘jayli – Kunya-Urgench” hamda “Shovot – Dashoguz” chegara o‘tkazish punktlari ish faoliyati xalqaro yuk tashishlar uchun neytral zonada tirkama va yarim tirkamalarni kontaktsiz almashish yo‘li orqali tashkil etish bo‘yicha sinov o‘tkazildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан