Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari kelishuvlar ijrosining borishini ko‘rib chiqdilar
28.11.2021 12:33,  
45

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Ashxobod shahriga keldi.

Poytaxt aeroportida davlatimiz rahbarini Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi. Shundan so‘ng mamlakatlarimiz yetakchilari muzokara o‘tkazdilar.

Suhbat avvalida O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston rahbari va birodar turkman xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram – Betaraflik kuni bilan samimiy qutladi.

Ikki tomonlama yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Joriy yil oktyabr oyida oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq savdo-iqtisodiy hamkorlik borasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro kun tartibi va ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekiston Prezidenti Turkmanistonning IHTdagi sermahsul raisligini yuksak baholadi va Ashxobod sammiti muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

So‘ng tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан