Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida havo va avtomobil transport qatnovi qayta tiklanishi mumkin
5.08.2021 15:12,  
91

O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Ashxobod shahrida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning turkman tomonidan hamraisi Esenmurod Orazgeldiyev bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar beradi «Dunyo» agentligi.

Ma’lum qilinishicha, yaqin vaqt ichida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Shuningdek, komissiya doirasida O‘zbekiston—Turkmaniston Ishbilarmonlar kengashining ikkinchi yig‘ilishi ham tashkil etiladi. Bo‘lajak tadbirlar kun tartibini shakllantirish va yangi investitsiyaviy loyihalar hamda savdo bitimlarini ishlab chiqishga qaratilgan ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralarining hamkorlikdagi sa’y-harakatlari faollashtiriladi.

Ta’kidlanishicha, tomonlar transport va logistika sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratgan. Ikki mamlakat Transport vazirliklari tomonidan sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo transporti hamda xalqaro avtomobil qatnovlarini qayta tiklash masalalari ustida ish borilishiga kelishib olingan.

Shuningdek, chegara o‘tish nuqtalarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, o‘zaro savdoning o‘sishi uchun tarif va notarif to‘siqlarni bartaraf etish hamda ikki mamlakatning transport quvvatlari va tranzit salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni ishlab chiqish ishlari amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va takliflar O‘zbekiston va Turkmanistonni bog‘lovchi transport yo‘laklarini yanada rivojlantirish uchun tegishli «Yo‘l xaritasi»da birlashtiriladi.

Muzokaralar yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha birinchi darajali sa’y-harakatlarni belgilab olgan.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev 5–6 avgust kunlari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан