Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida soliq sohasidagi Konvensiya kuchga kiradi
26.09.2020 15:56,  
122

2020 yil 17 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bilan Yaponiya o‘rtasida ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risidagi Konvensiya kuchga kiradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida 2019 yil 19 dekabr kuni Tokio shahrida imzolangan.

Konvensiya soliq sohasida qulay shart-sharoit yaratish va soliq ma’muriyatchiligi shaffofligining xalqaro standartlariga javob beradigan ikki tomonlama munosabatlarning mustahkam huquqiy asoslarini shakllantirish orqali savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatni kengaytirishga qaratilgan.

Hozirda ikki davlat o‘rtasidagi mazkur sohadagi munosabatlar SSSR Hukumati va Yaponiya Hukumati o‘rtasida 1986 yil 18 yanvardagi daromad solig‘iga nisbatan ikki tomonlama soliqqa solishni oldini olish to‘g‘risidagi Konvensiya bilan tartibga solinib kelayotgan edi (Ushbu Konvensiyaga nisbatan O‘zbekistonning huquqiy vorisligi 1994 yil 17 mayda notalar almashinuvi bilan belgilangan). Yangi Konvensiya mazkur hujjatni almashtiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан