Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hoshim Arslonov vafot etdi
29.05.2020 22:14,  
1560

29 may kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dublyaj ustasi, taniqli aktyor Hoshim Arslonov 64 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi xabar qildi.

Hoshim Arslonov 1956 yil 1 Avgust kuni Chust shahrida tug‘ilgan. 1977 yilda Toshkent teatr va rassomchilik san’ati institutini tugatgan. 1977 yildan 2017 yilgacha O‘zbekiston Davlat drama teatrida faoliyat yuritgan.

Faoliyati davomida turli spektakllar, film va seriallarda turli rollarni ijro etgan. «Uyg‘onish», «Marg‘iyona», «Otamdan qolgan dalalar», «Alpomish», «Xo‘ja Nasriddin: o‘yin boshlandi», «Aprel-May», «Chavandoz», «So‘zsiz sevgi», «Dinozavr qoldirgan iz», «Yorim-beozorim», «Haqiqat kuni», «Qasos», «Mening akam bo‘ydoq», «So‘nggi qo‘ng‘iroq», «Singilginam», «Xiyonat», «Endi dadam bo‘ydoq», «Ijarachilar» kabilar shular jumlasidandir.

Dublyaj sohasida salmoqli ulush qo‘shdi. Italiyaning Iskya shahrida xalqaro kinofestivalda «Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon» filmidagi roli uchun g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va sovrindor bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан