Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova vafot etdi
20.03.2020 16:37,  
689

O‘zbekiston Xalq artisti, aktrisa va dublyaj ustasi Oybarchin Bakirova bugun, 20 mart kuni 70 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekkino milliy agentligi xabar berdi.

Ma’lumot uchun: Oybarchin Bakirova 1950 yil 27 iyun sanasida Andijonda, marhum aktyor O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Abbos Bakirov oilasida dunyoga kelgan. U oilasida ikki qiz va ikki o‘g‘ilning biri hisoblanadi.

Oybarchin Bakirova san’atkorlar oilasida katta bo‘lgani uchun ham yoshligidan aktrisa bo‘lishni niyat qilgan. U o‘rta maktabni tamomlagach Toshkent teatr va rassomchilik san’ati oliygohida tahsil olgan.

Aktrisa o‘z faoliyatini 1971 yilda “O‘zbekfilm“ kinostudiyasida boshlagan. U bizga tanish bo‘lgan “Tangalik bolalar“, “Armon“, “O‘yin“ va “Farzandim“ kabi o‘nlab filmlarda turli obrazlarni yaratgan.Oybarchin Bakirova tomoshabinlarga nafaqat kinoaktrisa balki dublyaj sohasidagi faoliyati orqali ham juda yaxshi tanish. Aktrisa bugungacha yuzdan oshiq kino va multfilm qahramonlariga ovoz bergan.

Oybarchin Bakirova o‘z faoliyati orqali 2000 yilda “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti“ unvoni bilan taqdirlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан