Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston xalqaro Qur’on, azon va hadis musobaqalarida o‘z mukofotini joriy qiladi
3.01.2021 15:12,  
263

O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini yanada rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmoni loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Qaror loyihasida ziyorat turizmi yo‘nalishida to‘g‘ri targ‘ibotni yo‘lga qo‘yish va ziyorat ob’yektlari haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlarni taqdim etish maqsadida Ziyorat turizmini rivojlantirishni muvofiqlashtirish nazarda tutilgan.

Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, 2021 yildan boshlab dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan Qur’on, azon va hadis musobaqalarida O‘zbekiston nomidan «Imomlar yurtiga sayohat» mukofoti joriy qilinadi.

Shuningdek, 2021 yil avgust oyiga qadar Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Tashqi ishlar vazirligi dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan Qur’on hofizlari va Hadis talabalari musobaqalari g‘oliblari o‘rtasida grand-finalni O‘zbekistonda tashkil etish bo‘yicha hukumat farmoyishi loyihasini ishlab chiqadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан