Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasida yangi temir yo‘l koridori ochildi
7.06.2020 10:11,  
669

Xitoy Qozog‘istonni aylanib o‘tadigan O‘zbekistonga yangi transport koridorini ochdi.

"5 iyun kuni Xitoyning Lanchjou shahridan 25 ta 40 futli konteynerlarda eksport yuki ortilgan poyezd “Lanchjou – Qashg‘ar – Irkeshtom – O‘sh – Andijon – Toshkent – Mari” yo‘nalishida multimodal tranzit tashuvni amalga oshirish uchun yo‘lga chiqdi", - deyiladi O‘zbekiston Transport vazirligi xabarida.

Chinalogist.ru nashrining xabar berishicha, Lanchjoudan Toshkentga birinchi poyezd $ 2,6 mln.lik 230 tonna elektr jihozlarini yetkazib berdi va Xitoyga qaytish reysida $ 125 mln.lik 525 tonna o‘zbek paxta matosi olib qaytadi.

Yangi koridorning uzunligi 4380 km, yuk tashish 7-10 kunni tashkil etadi. Xitoydan O‘zbekistonga Qirg‘iziston orqali o‘tadigan yo‘l Xorgos orqali o‘tadigan yo‘ldan (Xitoy va Qozog‘iston chegarasida joylashgan aholi punktidan) deyarli 300 km qisqa, bu esa besh kungacha vaqt tejash imkonini beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан