Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Xitoy vaksinasining hammuallifi sifatida tan olindi
18.02.2021 15:20,  
141

ZF2001 – hozirgacha Xitoy vaksinasi deb atalayotgan ushbu emlash vositasi tez orada O‘zbekistonda ZF-UZ-Vac2001 nomi bilan tarqatilishi kutilmoqda. Innovatsion rivojlanish va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining ZF2001 vaksinasi sinovlarida faol ishtirok etgani, shuningdek klinik tadqiqotlarga qo‘shgan hissasini inobatga olib, O‘zbekiston mazkur vaksinaning hammuallifi sifatida tan olindi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ding Fan, Anhui Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasining O‘zbekistonda klinik sinovlari uchun mas’ul mutaxassisi:

Ma’lumki, ZF2001 rekombinant vaksinasining III faza xalqaro klinik sinovlari bilan bog‘liq tadqiqot davom etmoqda va dastlabki natijalarga ham erishildi. 16.02.2021 y. holatiga O‘zbekistonda 6823 nafar ko‘ngilli vaksinaning 1-dozasi, 2556 nafar ko‘ngilli vaksinaning 2-dozasi va 6 nafar ko‘ngilli 3-doza bilan emlandi. COVID-19ga qarshi immunitetni shakllantirish va koronavirus tarqalishini oldini olish uchun aholini zudlikda ommaviy emlash talab etiladi. Bunda O‘zbekiston ZF2001 vaksinasidan favqulodda foydalanish uchun ruxsat (EUA) berishga qaratilgan ishlarni olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining ZF2001 vaksinasi sinovlarida faol ishtirok etgani, shuningdek klinik tadqiqotlarga qo‘shgan hissasini inobatga olib, O‘zbekiston mazkur vaksinaning hammuallifi, ya’ni ilmiy jarayonlarda teng sherik sifatida tan olindi. Shuningdek, O‘zbekiston bilan hamkorlikda vaksina ishlab chiqarish, yangi vaksinalarni yaratish, tadqiqot ishlarini olib borish va ilmiy izlanishlar natijalarini tijoratlashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz. O‘z navbatida vaksinalardan favqulodda foydalanish uchun O‘zbekistonga ustuvorlik beriladi. Ayni vaqtda ZF2001 vaksinasidan favqulodda foydalanish uchun ruxsat olish va rasmiy ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha hamkorlikda ishlanmoqda. Rasmiy jarayonlarda so‘ng vaksinamiz O‘zbekiston Respublikasida ZF-UZ-Vac2001 nomi bilan tarqatiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан