Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston yana bir xalqaro konvensiyaga qo‘shiladi
18.01.2020 12:32,  
561

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Vena, 1994 yil 17 iyun) qo‘shilishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi mazkur xalqaro shartnomaning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining mazkur xalqaro shartnomaga qo‘shilishi hamda uni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida depozitariyga tegishli xabarnoma yo‘llaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydilar.

Eslatib o‘tamiz avvalroq, “Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Xavfli yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish to‘g‘risidagi Yevropa bitimiga hamda bitimining 1- va 14-moddalariga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomagaqo‘shilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан