Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘zbekiston yaqin oylarda 2020 yilning yozidagi kabi dahshatni boshdan kechirishi mumkin» — shifokor koronavirusning tarqalishi yana kuchayayotgani haqida
21.06.2021 12:24,  
901

Shifokor Azizbek Boltayev O‘zbekistonda yaqin oylarda 2020 yilning yozida yuz bergan koronavirus bilan bog‘liq yana o‘sha dahshat qaytarilishi kutilayotganini aytdi.

«Men O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish ortishi yangi yilga to‘g‘ri keladi deb taxmin qilgandim. Ammo bu hozir sodir bo‘lyapti. Buni quyidagicha izohlash mumkin. O‘tkazilgan so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, bemor koronavirusga chalinganidan keyin unda 7 oygacha virusga qarshi immunitet paydo bo‘ladi, keyin esa qonda antitelalar miqdori keskin kamayadi va qayta kasallanish xavfi ortadi», — deb yozgan u o‘zining Telegram kanalida.

«Taxminimcha, (O‘zbekistonda ushbu gipotezani tasdiqlovchi tadqiqotlar o‘tkazilmagan) o‘tgan yili aholining aksariyati koronavirus bilan kasallandi va bizda jamoaviy immunitet shakllandi. Endilikda bu immunitet tabiiy ravishda yo‘q bo‘lmoqda, xuddi gripp va boshqa ko‘plab yuqumli kasalliklarga nisbatan immunitet vaqt o‘tishi bilan yo‘qolganidek», — degan shifokor.

Uning fikricha, butun dunyo mamlakatlari kabi O‘zbekiston ham shoshilinch ravishda aholini koronavirusga qarshi emlashi kerak.

«Ammo bizda vaksinatsiya bilan bog‘liq vaziyat qanday? Dunyo bo‘yicha birinchi vaksinani o‘rtacha 20 foizdan ortiq aholi oldi. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 50-70 foizni tashkil qildi. O‘zbekistonda 15 iyunga kelib aholining uzog‘i bilan 5 foizi vaksinaning birinchi dozasi bilan emlandi. Dunyo mamlakatlaridan besh baravar, qo‘shni Qozog‘istondan esa ikki baravar ortda qolyapmiz. Bu yaqqol ko‘rinishi uchun grafikda keltiraman. Aytmoqchi, unga qarab qanchalik rivojlan(ma)gan davlat ekanimiz aniqroq ko‘rish mumkin», — degan Boltayev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, koronavirus bo‘yicha hukumat komissiyasi boshchiligidagi Sog‘liqni saqlash vazirligiga pandemiyaga qarshi choralarini yomon tashkil etgani, o‘tgan yilgi qiyinchiliklardan tegishli xulosa chiqarmagani, shuningdek, vaksinatsiya kampaniyasini ochiqchasiga zaif tashkillashtirayotgani uchun ikki baho berilishi kerak.

Boltayevning so‘zlariga ko‘ra, emlash kampaniyasini quyidagilar orqali kuchaytirish zarur:

zarur dozadagi vaksinani tezda sotib olishni ta’minlash uchun katta moliyaviy va diplomatik resurslarni yo‘naltirish;
ancha vaqt oldin va’da qilingan «Sputnik V» vaksinasini mahalliy ishlab chiqarilishini tezlashtirish;
virusni neytralashtiruvchi antitanalarga ega bo‘lmagan aholining ayrim guruhlari (shifokorlar, «formadagi odamlar», o‘qituvchilar / tarbiyachilar, davlat xizmatchilari) uchun vaksinasiyani majburiy qilish;
vaksinatsiya huquqiga ega bo‘lgan toifadagi fuqarolarga cheklovlarni olib tashlash — emlanishni istagan har bir kishi zudlik bilan bunday imkoniyatni olishi.
Shuningdek, yopiq muassasalarda ommaviy tadbirlarni o‘tkazishni taqiqlash kerakligini ham qo‘shimcha qilgan.

Boshqa chora-tadbirlar qatoriga niqob rejimini davlat amaldorlarining shaxsiy namunasi orqali kuchaytirish, bepul niqoblarning keng miqiyosda ta’minlash, niqob rejimi ustidan huquq-tartibot organlari nazoratini kuchaytirish va rejimni buzganlik uchun jarima choralari muqarrarligini ta’minlash kiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан