Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi mojaro ishtirokchilarini zo‘ravonlikka chek qo‘yishga chaqirdi
12.05.2021 18:28,  
193

Quddusdagi vaziyat bo‘yicha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi. O‘zbekiston Respublikasi Sharqiy Quddusdagi vaziyatning keskin tus olishi sababli chuqur xavotirda ekanini bildirdi.

"Tomonlarni zo‘ravonlikka chek qo‘yish, vaziyatni beqarorlashtirishdan saqlanish va bundan buyon qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda musulmon olami uchun muqaddas hisoblangan Iyd al-Fitr arafasida mojaroni hal etish bo‘yicha barcha imkoniyatlarni safarbar etishga chaqiramiz.

Al-Aqso masjidi va Quddusdagi boshqa muqaddas qadamjolarning daxlsizligini — status-kvoga rioya etilishini ta’minlash zarur, deb hisoblaymiz.

Falastin-Isroil muammosi xalqaro huquq me’yorlari, BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan avval qabul qilingan rezolyusiyalar hamda «ikki xalq uchun ikki davlat» tamoyili asosida hal etilishi lozim», deyiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан