Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston YPX xodimlarining piyoda xizmat olib borishi tizimi to‘xtatilishi mumkin
27.01.2021 10:15,  
253

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi 2021 yilda davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati sohasida amalga oshirilishi ko‘zlangan rejalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, bugungi kun talablarini, ob-havo sharoitini inobatga olgan holda xizmat olib borish uchun qulay, zamonaviy va ixcham bo‘lgan, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining farqlovchi belgilari taqilgan yangi xizmat kiyim-bosh namunalari sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda respublikadagi barcha YPX xodimlarini yangi namunadagi kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.

Bundan tashqari, YPX xodimlarining piyoda xizmat olib borish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechiladi. Bunda YPX xodimlarining faqat qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlash qurilmalari bilan jihozlangan patrul avtomobillarida xizmat olib borishini yo‘lga qo‘yiladi.

Avvalroq O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisasini ichki ishlar xodimisiz rasmiylashtirish tartibi belgilanishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан