Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston bir asr avvalgi rangli suratlarda
3.12.2019 14:51,  
19948

Prokudin-Gorskiy haqida eshitganmisiz? 1863 yil Rossiyaning Vladimir guberniyasida tug‘ilgan Sergey Mixaylovich Prokudin-Gorskiy fotosuratchi, kimyogar, kashfiyotchi va noshir edi. U dunyoda birinchilardan bo‘lib rangli surat olishni yo‘lga qo‘ygan. 1917 yil inqilobidan keyin Fransiyaga muhojirlikka ketgan va 1944 yil o‘sha yerda vafot etgan Prokudin-Gorskiyning arxivida 4 000 dan oshiq turli mavzulardagi suratlar bo‘lgan. Afsuski, bugungi kungacha bu suratlardan 2 000 ga yaqinigina yetib kelgan va hozirda AQSh Kongress Kutubxonasida saqlanadi.

Prokudin-Gorskiyning asosiy fotosuratlari Rossiyadagi o‘sha davr hayotini aks ettirgan. Shu bilan birga u 1904-1916 yillar davomida Rossiya imperiyasi tarkibiga kiruvchi hozirgi Ukraina, Belroussiya, Gruziya, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Latviya, Finlandiyada; shuningdek, imperiya chegaralaridan tashqaridagi Fransiya, Turkiya, Shveysariya, Germaniya, Daniya, Italiya va Avstriya kabi mamlakatlarda bo‘lib, u yerlarda o‘zi muhim sanagan shaxslar, joylar suratlarini tarixga muhrlagan.

Prokudin-Gorskiy olgan fototasvirlar Chor Rossiyasi podshosi Nikolay II qo‘li ostidagi yerlar haqidagi loyihaning bir qismi bo‘lgan. Prokudin-Gorskiy Rossiya podshosiga tegishli bepoyon hududlarning rangli panoramasini tuzishni istagan.

Biz ushbu maqolada O‘zbekiston hamda qisman Turkmaniston va Qirg‘izistonning yuz yil avvalgi holatini ko‘rsatuvchi suratlarni tanlab oldik. Ularning mavzusi xilma-xil – Buxoroning mashhur va so‘nggi amiri Sayid Olimxondan tortib, uning zindonida yotgan zanjirlangan mahbuslargacha, dashtdagi ko‘chmanchilardan shahardagi savdogaru tilanchilargacha tasvirlangan.

Registon maydoni yuz yil burun shunday edi

Buxoro zindoni

Samarqanddagi madrasa talabalari

Registon maydonidagi savdogarlar

Mirzacho‘l dashtidagi qirg‘iz ko‘chmanchilar

Buxoroning so‘nggi amiri Said Mir Muhammad Olimxon

Samarqandlik qariya qo‘lida ovlagan qushi bilan

Hozirda Qirg‘izistonning Botken viloyati hududida joylashgan qadimiy Sulukta ko‘mir konida

Buxorolik amaldor amirning Sherbudun qasri hovlisida

Xivani amalda o‘zi boshqargan so‘nggi xon Isfandiyor. Undan keyingi xon Said Abdulla taka-yovmitlar sardori Junaidxon qo‘lida "qo‘g‘irchoq" bo‘lgan.

Buxorodagi nonvoylar
Taka-yovmit qabilasiga mansub oila. Bayramali shahri, hozirgi Turkmaniston

Sergey Prokudin-Gorskiy olgan fotosuratlarning to‘liqroq ko‘rinishi bilan quyidagi videolavhamizda tanishishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан