Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 1 fevraldan jarima va to‘lov-kontraktlar miqdori oshadi
31.12.2020 16:08,  
997

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 dekabr kuni 2021 yilgi O‘zbekiston davlat byudjetining ijrosini ta’minlash bo‘yicha qarorni imzolagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 10 foizga oshirildi.

Bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning yozishicha, Prezident qaroridan kelib chiqib, OTM talabalarining to‘lov-kontraktlari ham 1 fevraldan 10 foizga oshadi.

«Chunki kontraktlar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘lab qo‘yilgan», — deya qayd etadi u.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, bazaviy hisoblash miqdoriga bog‘langan to‘lovlar ham oshadi. Masalan, ma’muriy jarimalar, soliqlar, davlat bojlari va shu kabi boshqa to‘lovlar.

Ma’lumot uchun 2021 yil 1 fevraldan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 747,3 ming so‘m (679,3 ming so‘m) etib belgilandi. Bazaviy hisoblash miqdori esa 223 ming so‘mdan 245 ming so‘mga ko‘tariladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1 fevraldan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori hamda pensiya, stipendiya va nafaqalar o‘rtacha 7 foizga oshirilgan edi. 1 sentyabrdan boshlab pensiya va nafaqalar 10 foizga oshirilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан