Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 1 iyundan ayrim tadbirkorlarga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi
23.04.2021 12:06,  
138

O‘zbekistonda 1 iyundan ayrim tadbirkorlar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘laydi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Ushbu imtiyoz uch yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan hamda soliqlarni muddatida to‘lab kelgan xo‘jalik sub’yektlariga tatbiq etiladi. Tahlillarga ko‘ra, soliq to‘lovchi yuridik shaxslarning 201,3 mingdan ortig‘i (67,7 foizi) uch yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Ular bilan o‘tkazilgan muloqotlar natijasida 43,5 mingtasining muammolari segmentlab olindi. Shundan 13 mingtasi bevosita byudjet bilan munosabatlarini optimallashtirishni so‘ragan, deyiladi Soliq qo‘mitasi xabarida.

Shuningdek, 2020 yilda tadbirkorlik sub’yektlariga 7,7 trillion so‘mdan ortiq soliq imtiyozlari va yengilliklar berilgan. 224 mingta sub’yektning 1,3 trillion so‘mlik soliq qarzini majburiy undirish choralari to‘xtatib turilgan. Bunga javoban tadbirkorlik sub’yektlari soliqlarining 95 foizini ixtiyoriy ravishda o‘z muddatida to‘lagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан