Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 1 iyundan majburiy markirovkalashning yangi bosqichi boshlanadi
25.05.2021 08:36,  
217

Vazirlar Mahkamasining 20 maydagi qarori bilan O‘zbekistonda majburiy markirovkalashning boshlanish sanasi belgilandi. Qarorga ko‘ra, markirovkalashning yangi bosqichi dori vositalari va tibbiy buyumlar, suv va salqin ichimliklar, maishiy texnikalarga nisbatan tatbiq etiladi.

Ushbu mahsulotlarga nisbatan tajriba loyihasi quyidagi sanalarda boshlanadi:

dori vositalari va tibbiy buyumlar — 2021 yil 1 iyun;
suv va salqin ichimliklar — 2021 yil 15 iyun;
maishiy texnikalar — 2021 yil 1 iyul.
Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni markirovkalash majburiyati ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar zimmasiga yuklatiladi. Bunday tovarlarning chakana yoki ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadigan korxonalar «Asl belgisi» mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish bo‘yicha milliy axborot tizimiga ulanishi shart.

Shuningdek, raqamli markalashni joriy qilish uchun zarur uskunalar bilan jihozlanishi kerak bo‘lgan tajriba loyiha ishtirokchilari — kompaniyalar ro‘yxati ham tasdiqlandi. Ro‘yxatda jami 16 ta kompaniya bo‘lib, ular orasida Coca-Cola, Foton, Texnopark, Sino, Artel, Roison, Hydrolife, Nobel Pharm, Jurabek Laboratories, Family Group va boshqalar bor.

Mahsulotni raqamli markirovkalash uchun zarur bo‘lgan uskunalarni va dasturiy ta’minotni tadbirkorlik sub’yektlari o‘z mablag‘lari hisobidan o‘rnatishi va sozlashi lozim.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан