Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 1 sentyabrdan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshadi
18.08.2021 22:56,  
218

O‘zbekistonda 1 sentyabrdan boshlab soliqlar, yig‘imlar, bojlar, jarimalar va to‘lovlar miqdorini aniqlashda ishlatiladigan bazaviy hisoblash miqdori 245 ming so‘mdan 270 ming so‘mga oshishi haqida xabar berilgan edi. Shu kundan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori ham oshadi.

Bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev ayrim jarimalar miqdori qanchaga oshishini hisoblab chiqdi:

  • xavfsizlik kamarini taqmaslik — 135 ming so‘m (ayni vaqtda 122,5 ming so‘m);
  • texnik ko‘rik, «aptechka» — 135 ming so‘m (ayni vaqtda 122,5 ming so‘m);
  • hujjatsiz yurish — 270 ming so‘m (ayni vaqtda 245 ming so‘m);
  • sug‘urtasiz haydash — 270 ming so‘m (ayni vaqtda 245 ming so‘m);
  • «qizil»dan o‘tish — 540 ming so‘m (ayni vaqtda 490 ming so‘m);
  • noto‘g‘ri «parkovka»— 540 ming so‘m (ayni vaqtda 490 ming so‘m);
  • telefonda gaplashish — 810 ming so‘m (ayni vaqtda 735 ming so‘m);
  • raqamsiz haydash — 1 million 350 ming so‘m (ayni vaqtda 1 mln 325 ming so‘m);
  • tezlikni oshirish (20 kilometr/soat) — 270 ming so‘m (ayni vaqtda 245 ming so‘m);
  • tezlikni oshirish (20-40 kilometr/soat) — 1 million 350 ming so‘m (ayni vaqtda 1 million 325 ming so‘m);
  • tezlikni oshirish (40 kilometr/soatdan ortiq) — 2 million 430 ming so‘m (ayni vaqtda 2 million 405 ming so‘m);
  • qarama-qarshi harakatlanish — 2 million 700 ming so‘m (ayni vaqtda 2 million 450 ming so‘m);
  • mast holda haydash — 6 million 750 ming so‘m yoki 3 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish (ayni vaqtda 6 million 125 ming so‘m);
  • mastlik tekshiruvidan bosh tortish — 4 million 50 ming so‘m yoki 3 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish (ayni vaqtda 3 million 675 ming so‘m);
  • ruxsatsiz «tonirovka» — 6 million 750 ming so‘m (ayni vaqtda 6 million 125 ming so‘m);
  • «tonirovka»dan bir yilda takroran ruxsatsiz foydalanish — 10 million 800 ming so‘m (ayni vaqtda 9 million 800 ming so‘m).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан