Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 10 ming qadam yurganlarga pul to‘lanmoqdami?
7.06.2021 08:54,  
412

Kutilmaganda kirib kelgan koronavirus pandemiyasi aholimizning sog‘lom hayot kechirish darajasi zaif ekanini ko‘rsatdi.

Infeksiya, ayniqsa, yurak-qon tomir va nafas olish yo‘llari hamda semizlik kasalligiga chalingan insonlar hayotiga jiddiy xavf soldi. Bu dunyodan ko‘pchilikni olib ketdi.Barchamiz bundan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda zararli odatlardan voz kechib, sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotimizga aylantirishimiz zarur!

Shu qatorda kunlik 10 ming qadam va undan ko‘p yurish, yugurish orqali ham jismoniy faollikka, ham moddiy mablag‘ga ega bo‘lamiz.Bu xaqda batafsil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 253-sonli qarori orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yagona umumrespublika protsessing markazi MChJ (“Uzcard”) bilan hamkorlikda “Sog‘lom turmush tarzi” platformasining mobil ilovasi (test rejimida) ishlab chiqildi.Platformaning veb sahifasi https://1hls.uz/ domenida ochildi va mobil ilovalar joriy yil 20 mayda “Play Market” hamda “AppStore” mobil ilovalar do‘koniga (1hls nomi ostida) joylashtirildi.
Platformaning dastlabki talqindagi mobil ilovasi testdan o‘tkazish uchun joylashtirilgan bo‘lib, unda dasturchilar tomonidan foydalanish davrida barcha kelib chiqadigan kamchiliklarni aniqlash hamda sozlash ishlari ko‘zda tutilgan.

Hozirgi kunda, platformadagi barcha kamchiliklarni bartaraf etish uchun uning veb sahifasi bilan birga, mobil ilovalar ustida ishlar olib borilayotganligini hamda Google koorporatsiyasi bilan o‘zaro muzokaralar o‘tkazilayotganligini bildiramiz. Muzokaralar hamda texnik sozlash ishlari yakuniga yetkazilganidan so‘ng, qisqa muddatda platforma to‘laqonli ishga tushirilishini ma’lum qilamiz.

Biroq, hozirgi kunda, ayrim Android operatsion tizimida ishlaydigan mobil qurilmalarga ega fuqarolar tomonidan test rejimidagi ilova yuklab olinayotganligi va mazkur ilova yuzasidan salbiy xulosa va fikrlar ko‘payib borayotganligi holatlari kuzatilmoqda.

Aziz fuqarolar, qayd etib o‘tishimiz joiz, mazkur platforma siz o‘ylagandan ham oddiy va qulay bo‘lib, uni qurilmangizga o‘rnatishda va undan o‘zgalar yordamisiz ham bemalol foydalana olishingizda hech qanday to‘siqlarga uchramasligingizni ma’lum qilamiz.

Buning uchun siz va so‘nggi talqindagi platformani yaqin kunlarda ishga tushirilganligi haqida ommaviy axborot vositalari orqali xabar beramiz va uni mobil ilovalar do‘konlaridan “1hls.uz” nomi ostida qidiruv berib, mobil qurilmangizga yuklab olish imkoniyati yaratiladi.

Qayd etib o‘tish joiz, iOS operatsion tizimidagi qurilmalarga ega 150 nafardan ziyod foydalanuvchilar 1-3 iyun kunlari 10 ming va undan ortiq qadamlar yurishdi, ularga pul o‘tkazmalarini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан