Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 11 yanvardan barcha maktablarda o‘quv jarayonlari to‘liq an’anaviy shaklga o‘tkaziladi
9.01.2021 22:02,  
94

O‘zbekiston maktablarida o‘quv jarayonlari 3-chorakdan to‘liq an’anaviy shaklga o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi.

Vazirlik mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashgani, ikkinchi chorak yakuniga qadar 90 foizdan ortiq o‘quvchi an’anaviy shaklda ta’lim olish maqsadida maktabga qaytganini inobatga olib, 2021 yilning 11 yanvaridan (3-chorak) barcha maktablarda o‘quv jarayonlari to‘liq an’anaviy shaklga o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, o‘quvchilarning sog‘lig‘ini himoyalash bo‘yicha o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida o‘quv yilining birinchi yarim yilligi davomida an’anaviy shaklda ta’lim jarayoni yo‘lga qo‘yilgan maktablarda epidemiologik vaziyatning barqarorligi ta’minlangan.

Tahlillar natijasiga ko‘ra, ikki chorak davomida masofaviy ta’lim olish jarayonida o‘quvchilarning darslarni to‘liq o‘zlashtirishlariga yetarli imkoniyat bermadi, ayrim holatlarda o‘quvchilar televizion darslarni ko‘rish va o‘rganish o‘rniga vaqtini besamar o‘tkazish va ota-onalar tomonidan yetarli nazorat etilmasligi oqibatida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik holatlari ham kuzatilgan.

Shu sabab vazirlik ota-onalardan «farzandlarining kelajagi uchun o‘z vaqtida bilim olishlariga sharoit yaratishi va maktabga yuborishini» so‘ragan.

Shuningdek, vazirlik tomonidan Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari barcha umumta’lim maktablarida qishki mavsumda issiqlik tizimini barqaror ishlashi, o‘quvchilarning sog‘ligini himoyalash bilan bog‘liq tashkiliy choralarni ko‘rish, sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya vositalari bilan ta’minlashlari talab etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан