Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 12 ta vazirlik Prezident hujjatlarining ijrosiga bepisand munosabatda bo‘lgani ma’lum qilindi
20.01.2021 18:23,  
745

O‘zbekistonda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va yana 10 ta vazirlikda Prezident topshiriqlarini bajarmaslik, muddatidan kechiktirib bajarish yoki sifatsiz bajarish holatlari aniqlangan. Bu haqda adliya vazirining o‘rinbosari Xudoyor Meliyev AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Xudoyor Meliyevning aytishicha, Adliya vazirligi tomonidan olib borilgan o‘rganish natijasida 12 ta vazirlikning deyarli barchasida ijro intizomiga amal qilmaslik holatlari kuzatilgan.

«Energetika vazirligi va AKT vazirliklarida aholining e’tirozlariga sabab bo‘layotgani tufayli bevosita Prezident topshirig‘iga asosan o‘rganishlar olib borilmoqda. Hozirgi paytda Energetika vazirligi, Axborot texnologiyalar vazirligi, Jismoniya tarbiya va sport vazirliklarida hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligida o‘rganishlar ketyapti», — dedi u.

Shuningdek, adliya vaziri o‘rinbosari ijro intimozi bo‘yicha yangi farmon qabul qilinadigan bo‘lsa, yana 22 ta sohani o‘rganish rejalashtirilganini ma’lum qildi.

Avvalroq Adliya vazirligiga qabul qilingan hujjatlarni mas’ullarga yetkazish, amaliyotda qo‘llashga ko‘maklashish va nazorat qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etish vazifasi topshirilganligi haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан