Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 13-14 yoshli qizlar orasida erta tug‘ruq holatlari ko‘payayotgani aytildi
16.07.2020 16:41,  
918

13 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining videokonferensiya tizimi orqali majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar berdi.

Parlament yuqori palatasi Raisi Tanzila Norboyeva olib borgan majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan sudlar faoliyatiga oid axborotni eshitish amaliyotining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari, erta turmush va erta tug‘ruq holatlari hamda oilaviy ajralishlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Majlisda Senat Kengashi tomonidan R.A.Mahmudovani O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylash va uni Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etish, qolaversa, B.A.Tangaboyev va I.M.Alimovni Oliy sud sudyaligiga saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, majlisda erta turmush va erta tug‘ruq holatlari hamda oilaviy ajralishlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masala ham muhokama markazida bo‘ldi.

Foto: Senat axborot xizmati

Olib borilayotgan profilaktik tadbirlar natijasida qizlarni erta turmushga berish bilan bog‘liq vaziyat so‘nggi ikki yilda ijobiy tomonga o‘zgargan.

So‘nggi yillarda 18 yoshga to‘lmagan qizlar orasida erta tug‘ruq holatlari ham kamayib, 2018 yilda bunday salbiy holatlar 1,5 mingdan ziyod bo‘lgan, 2019 yilda esa bu ko‘rsatkich 1,2 mingtani tashkil etgan. Joriy yilning birinchi choragida 231 ta erta tug‘ruq holatlari qayd etilgan.

Olib borilayotgan ishlarga qaramay, bu borada qator muammolar mavjudligiga urg‘u berildi. Tahlillarga ko‘ra, ushbu muammoga, avvalo, aholining huquqiy savodxonligi va tibbiy madaniyatining yetarli emasligi sabab bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, voyaga yetmagan qizlar, ayniqsa 13-14 yoshli qizlar orasida erta tug‘ruq holatlarining ko‘payib borayotgani tashvishli holdir.

Erta homiladorlik va tug‘ruq holatlari kuzatilgan o‘quvchi qizlarning qariyb yarmi ota yoki onasiz oilalarda yashayotganligi aniqlangan. Shuningdek, oiladagi yetishmovchilik, ota-onalarning ishsizligi yoki kam daromad topishi ham qizlar tarbiyasiga salbiy ta’sir qilmoqda.

Yana bir jihat. Erta va istalmagan tug‘ruq holatlari, yoshlarning oilaviy munosabatlarga tayyor emasligi, oiladagi ijtimoiy-ma’naviy beqarorlik kabi sabablar chaqaloqlar savdosi jinoyatini ham keltirib chiqarmoqda.

Bu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida Senat Kengashi qarori bilan erta turmush va erta tug‘ruq holatlari hamda oilaviy ajralishlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha 2020–2021 yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Majlisda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Oliy Majlis Senati Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан