Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 168 nafar bemor koronavirusdan to‘liq sog‘aydi
18.04.2020 15:07,  
185

Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan yana 5 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 39 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni  44 nafarga yetdi.

Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida ham bugun yana uch nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 3 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 6 nafarga yetdi.

Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan ham koronavirus infeksiyasiga chalingan 4 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 2 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 6 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 168 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан