Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 19 avgust kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, harorat 39 darajadan oshmaydi
18.08.2021 14:52,  
58

«O‘zgidromet» 19 avgust, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 35-37 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан