Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 20 nafar ko‘ngilli oila Xitoy vaksinasi bilan emlandi
10.12.2020 21:08,  
148

Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutining ishlanmasi asosida Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co., Ltd kompaniyasi ishlab chiqqan koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi bosqich klinik sinovlarini o‘tkazish ishlari boshlandi.

Xitoydan 6000 dona sinov vaksinasi (50 foizi haqiqiy vaksina, 50 foizi platsebo), 12 ming dona PZR testlar, 8 ming dona antitanalarni aniqlovchi testlar hamda barcha ishlatiladigan yordamchi materiallar (shprits, niqob, ko‘zoynak, krioprobirkalar, homiladorlik testlari) olib kelindi.

Vaksina I va II faza klinik sinovlarda nisbatan yuqori xavfsizlik profiliga egaligini namoyon etdi. Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyatining 20 nafar ko‘ngilli oila a’zolari Xitoydan olib kelingan rekombinant vaksina bilan birinchi dozada emlandi.

Klinik sinovlarni o‘tkazish uchun jami 5 ming nafar ko‘ngillilar tanlab olindi. 

Vaksinatsiya jarayonlari Innovatsion rivojlanish vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан