Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 2020-yil 262.6mlrd so‘mlik avtoraqam sotildi
1.01.2021 16:00,  
453

2020-yil boshidan buyon Respublika tovar-xomashyo birjasining “Avtoraqam.uzex.uz” veb-saytida 262,6 milliard so‘mlik 106 mingdan ziyod avtoraqamlar shaffof onlayn-auksionlar orqali sotildi. Avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 2,6 marta, hajmi bo‘yicha esa 71,2 foizga o‘sgan. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar berdi.

Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,4 million so‘mni tashkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 92,3 foizi jismoniy shaxslar, 7,7 foizi – yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan. O‘tgan davrda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi – 450 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 206,7 million so‘mni tashkil qilgani aytilmoqda.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 30 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlar, 33,5 foizi – ikkinchi, 19,3 foizi – uchinchi, 5,9 foizi – to‘rtinchi, 5,4 foizi – beshinchi va 5,9 foizi – oltinchi toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri kelgan.


Hududlar kesimida eng ko‘p avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (45,2 foizi) Farg‘ona (8,2 foizi), Samarqand (8,1 foizi) va Namangan (6 foizi) viloyatlarida xarid qilingan.


Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan joriy yilda auksion savdolari orqali qo‘shimcha 271 ta juft avtoraqamlar ham sotilishi belgilangan. Mazkur qaror kuchga kirishi bilan 2020-yilda onlayn-auksionlar orqali har oyda sotiladigan avtoraqamlarning o‘rtacha soni 2,7 mingtadan 14 minggacha oshgan.
Eslatib o‘tamiz, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80 foizi davlat budjetiga, 20 foizi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Ma’lumot uchun, 2019-yilda onlayn auksionlar orqali 156,1 milliard so‘mlik chiroyli raqamlar sotilgandi.

Manba.Daryo.uz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан