Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 2020 yilda «tonirovka» uchun undirilgan mablag‘lar miqdori ma’lum
19.01.2021 12:16,  
472

Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan avtotransport vositalaridan ularning oynasini tusini o‘zgartirib (qoraytirib) foydalanish uchun 2020 yilda 50 758 ta ruxsatnoma berilib, salka 190 milliard so‘m to‘lov sifatida undirilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Avtomashinalar old va orqa oynalarining tusi o‘zgartirilishi (qoraytirilishiga) ruxsat berilgunga qadar faqatgina tegishli xizmat avtomobillarning oynalarini qoraytirishi mumkin edi. Vazirlar mahkamasining 18 iyul 2018 yildagi 547-sonli qarori asosida bugungi kunda har bir avtomobilning orqa oynalari yoki old-orqa oynalarini to‘lov asosida o‘zgartirish qoraytirishga ruxsat berilgan. Natijada davlat byudjetiga bir necha yuz milliard so‘m qiymatida tushumlar kela boshlagan.

Shuningdek, yuqoridagi hukumat qaroriga 2019 yil 2 avgustdagi 646-son va 2020 yil 9 oktyabrdagi 635-son qarorlari bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, «tonirovka» narxlari ikki barobarga arzonlashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV DYHXX organlari tomonidan avtotransport vositalaridan ularning oynasini tusini o‘zgartirib (qoraytirib) foydalanish uchun:

2019 yil 5 avgustdan (646-sonli qaror kuchga kirgandan so‘ng) 2019 yil 31 dekabr kuniga qadar 31 367 ta ruxsatnoma berilib, jami 113 milliard 980 million so‘m pul mablag‘lari;

2020 yil 1 yanvardan 31 dekabr kuniga qadar 50 758 ta ruxsatnoma berilib, jami 188 milliard 395 million so‘m pul mablag‘lari;

2020 yil 1 yanvardan 9 oktyabr kuniga qadar 28 326 ta ruxsatnoma berilib, jami 135 milliard 638 million so‘m pul mablag‘lari;

2020 yil 10 oktyabrdan (635-sonli qaror kuchga kirgandan so‘ng) 31 dekabr kuniga qadar 22 432 ta ruxsatnoma berilib, jami 52 milliard 757 million so‘m pul mablag‘lari;

2019 yil 5 avgustdan 2020 yil 31 dekabr kuniga qadar 82 125 ta ruxsatnoma berilib, jami 302 milliard 635 million so‘m pul mablag‘lari Hukumat qaroriga asosan to‘lov sifatida undirilgan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 oktyabrdagi 635-son qarori kuchga kirgach, (yengil shaxsiy avtomobillarni orqa yon oynalarini tusini o‘zgartirish (qoraytirish) bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan (2 million 230 ming) BHMning 5 baravariga (1 million 115 ming) o‘zgartirilgan) fuqarolar tomonidan avtomobillarni orqa yon oynalari tusini o‘zgartirish (qoraytirish)ga talab ortib ketgan, ya’ni ilgari bir kunda o‘rtacha 120 ta ruxsatnoma berilgan bo‘lsa, qaror kuchga kirgach, bir kunda o‘rtacha 320 ta ruxsatnoma berila boshlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан