Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 2020 yilning 1-choragida YTH oqibatida halok bo‘lganlar koronavirus qurbonlaridan 20 baravar ko‘p
20.06.2020 09:33,  
96

Kecha bo‘lib o‘tgan 5-yalpi majlisda Senat a’zolari tomonidan Vazirlar Mahkamasiga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan parlament so‘rovi yuborish masalasi ko‘rib chiqildi.

Avtomobil yo‘llarida yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ta’sirchan nazorat to‘liq va samarali o‘rnatilmaganligi oqibatida birgina 2019 yilda mamlakat bo‘yicha jami 6 milliondan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi qayd etilgan. Oqibatda 8588 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 7943 nafar fuqaro jarohatlangan va 2096 nafar shaxs halok bo‘lgan.

2020 yilning birinchi choragida esa 1229 ta yo‘l-transport hodisasi oqibatida 376 nafar fuqaro vafot etgan.

Tahlillarga ko‘ra, qoidabuzarliklarni avtomatik aniqlaydigan foto va video moslamalar, shuningdek onlayn rejimida ishlovchi foto radarlar o‘rnatish bilan bog‘liq ishlar sust olib borilmoqda.  Bundan tashqari, avtomobil yo‘llarida yo‘l harakatini axborotlar bilan ta’minlash, yo‘l bo‘yidagi infratuzilmani xalqaro standartlar talablariga muvofiq rivojlantirish bilan bog‘liq ko‘plab masalalarga lozim darajada e’tibor qaratilmagan.

Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish  ishlari ham talab darajasida emasligi oqibatida 2019 yilda bolalar bilan bog‘liq 1309 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Ularda 1147 nafar bola jarohatlangan va 193 nafar bola halok bo‘lgan.

Majlisda senatorlar tomonidan shu kabi kamchilik va muammolarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalarini ham takomillashtirish kerakligi, mamlakatimizda haydovchilarni tayyorlash va ulardan imtihon olish tartibi bilan bog‘liq muammolar ko‘plab fuqarolarimiz tomonidan haqli e’tirozlarga sabab bo‘layotganligi ham ta’kidlandi.

Senat a’zolari yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан