Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 2021 yil boshidan buyon temir yo‘llarda qancha odam o‘z joniga qasd qilgani haqida ma’lumot berildi
17.11.2021 13:40,  
105

O‘zbekistonda 2021 yil boshidan buyon temir yo‘llar bilan bog‘liq 7 ta baxtsiz hodisa ro‘y bergan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati YouTube sahifasida ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil boshidan buyon temir yo‘llarda 7 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan bo‘lib, shulardan 2 tasi o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq. Shuningdek, temir yo‘llar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning 90 foiziga, asosan, fuqarolarning e’tiborsizligi sabab bo‘lgan.

Xususan, Toshkent viloyati Qibray tumanida 2021 yil 18 oktyabr kuni tumanning 1-sonli maktabida tahsil oluvchi 5-6 nafar 6-sinf o‘quvchisi boshqa sinfdoshini darsga chaqirish maqsadida uning uyiga kelgan.

Shundan keyin o‘quvchilar ko‘chaning yonidan o‘tgan temir yo‘ldan o‘tmoqchi bo‘lgan. Temir yo‘ldan yo‘lovchi tashuvchi elektropoyezd kelayotganini ko‘rgan 1-2 nafar o‘quvchi orqaga qaytgan. Ammo ularning orasida bo‘lgan 12 yoshli o‘quvchi o‘tib ketaman deb o‘ylab, temir yo‘lga chiqqan. Oqibatda elektropoyezd uni urib ketgan.

 
 
 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан