Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 2021 yilda birinchi bor oylik inflyasiya darajasi 1 foizdan oshib ketdi
2.05.2021 09:29,  
639

O‘zbekistonda 2021 yilning aprel oyida inflyasiya darajasi 1,5 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda so‘z boradi.

O‘tgan bir oy ichida iste’mol tovarlari 3 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,4 foizga, xizmatlar 0,5 foizga qimmatlashgan.

Yil boshidan buyon narxlar o‘sishi 4,1 foizni tashkil etib, o‘rtacha oylik ko‘rsatkichi 1 foizga teng bo‘ldi. Yanvar, fevral va mart oylarida inflyasiya 1 foizdan past bo‘lgan edi.

2017 yildan buyon birinchi bor, statistika ishonchli bo‘lganidan beri ketma-ket uch oy davomida inflyasiya 1 foizdan oshmadi. Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida 2021 yilda narx-navo o‘sishini 10 foizdan oshirmaslik Markaziy bank va hukumatning asosiy vazifasi bo‘lishini aytgandi.

10 foiz — 2017 yildan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkich. 2019 yil yakunlari bo‘yicha inflyasiya 15,2 foizni, 2018 yilda 14,3 foizni, 2017 yilda 14,4 foizni tashkil etgan.

Spot’ning yozishicha, o‘nlab yillar davomida O‘zbekistonda inflyasiya darajasi 3-5 foizni tashkil etgan, biroq ushbu raqamlar shubhali.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан