Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 2021 yildan barcha iste’molchilar elektr energiyasi uchun to‘lovlarni oldindan amalga oshirishi mumkin
24.11.2020 11:50,  
235

Energetika vazirligi elektr energiyasidan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslarning xizmat uchun to‘lovlarni oldindan to‘lashlariga oid Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2021 yil 1 fevraldan barcha iste’molchilarga (jumladan, maishiy iste’molchilarga) yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlar, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, faqat oldindan to‘lov asosida amalga oshiriladi.

To‘lovni amalga oshirmagan iste’molchilarga nisbatan elektr tarmoqlaridan to‘liq uzish chorasi ko‘riladi.

Alohida xavfli hamda elektr energiyasining uzib qo‘yilishi texnogen va avariyali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan, uzluksiz texnologik jarayonga ega bo‘lgan sanoat korxonalarida qarzdorlik vujudga kelgan taqdirda haq to‘lanmaganligi uchun elektr energiyasi yetkazib berilishini cheklash belgilangan tartibda elektr ta’minotining avariya bronigacha, to‘liq uzib qo‘yish esa faqat sud qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hamda elektr energiyasi iste’molchisi tomonidan imzolangan texnologiya va avariya broni dalolatnomalari shartnomaning uzviy qismi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi Vazirlar Mahkamasi qarorining mazkur bandiga ko‘ra, maishiy iste’molchilar har oyning 10-sanasiga qadar o‘tgan oyda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘liq hisob-kitob qilishlari shartligi belgilab qo‘yilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан