Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 2021 yilning to‘qqiz oyi davomida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etdi
16.11.2021 20:41,  
28

O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar—sentyabr oylarida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 foizga, yanvar—iyun oylariga 0,4 foizga kamaydi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, bu kabi raqamlar sentyabr oyida Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan mamlakatning 108 ta shahar va tumanlarida o‘tkazilgan navbatdagi ijtimoiy so‘rovi natijalariga asoslangan. Tadqiqot davomida 500 ta o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 5 mingta uy xo‘jaliklari hamda 26,5 ming nafar fuqarolar qamrab olingan.

2021 yilning to‘qqiz oyi davomida mehnat resurslari soni 19,3 million kishini tashkil etib, 2020 yilning shu davriga nisbatan 101,1 foizga yoki 201,4 ming kishiga oshgan. Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13,6 million kishini tashkil etib, mos davriga nisbatan 3,1 foizga (403,9 ming kishiga) oshgan.

2021 yilning yanvar—sentyabr oylarida rasmiy sektorda band aholi soni 6,1 million kishini tashkil qilib, 2020 yilning shu davriga nisbatan yuridik shaxslarda band bo‘lganlar soni 7,9 foizga yoki 450,5 ming kishiga oshgani kuzatilgan. Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni esa 5,9 million kishini tashkil etib, yanvar—iyun oylariga nisbatan 4,1 foiz yoki 254 ming kishiga kamaygan.

O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1,4 million kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,4 foizni tashkil etmoqda. 16—30 yoshgacha bo‘lganlar orasida ishsizlik darajasi — 14,9 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi esa 12,8 foiz bo‘lgan.

Yanvar—sentyabr oylarida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga 842 ming nafar fuqaro ish topishga yordam so‘rab murojaat qilgan bo‘lib, ularning 302 ming nafari ish bilan ta’minlangan, yillik dastur 107,4 foizga bajarilgan.

Yana 203 ming band bo‘lmagan aholi haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan va ularning ish haqi uchun 177 milliard so‘m mablag‘ to‘lab berilgan. Bundan tashqari, 93,5 ming nafar ishsizlarga 81,9 milliard so‘m ishsizlik nafaqasi tayinlangan va to‘lab berilgan.

O‘tgan davrida 31,5 ming ishsizlar hamda «ayollar daftari», «yoshlar daftari»ga kiritilgan ishsizlarga 66,6 milliard so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi. Jumladan:

tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish, «Hunarmand» uyushmasiga a’zolik badali xarajatlarini qoplash uchun 6 263 nafar fuqarolarga 4,8 milliard so‘m;
shaxsiy va dala tomorqasida issiqxona, ekishga urug‘lar va ko‘chatlar hamda sug‘orish vositalarini harid qilish uchun 16 426 ta oilalarga 43,7 milliard so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilgan.
2021 yilning 9 oyi davomida jami 338,2 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan yoki prognozga nisbatan 124 foizga bajarilgan. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali 91,5 ming nafar aholi band etilgan.

Shuningdek, vazirlik tasarrufida 16 ta «Ishga marhamat» band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi «Monomarkaz», 59 ta tuman va shahar kasb-hunarga o‘qitish markazlari, 136 ta mahallada kasb-hunarga o‘qitish maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан