Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 2022 yilda 14 ta faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalar tugatiladi
3.01.2022 16:23,  
447

O‘zbekiston iqtisodiyotida davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektor uchun keng yo‘l ochish maqsadida 25 dan ortiq faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalar tugatiladi. Bu haqda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» loyihasida belgilangan.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2022 yilning noyabriga qadar eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va davlat ishtirokidagi kompaniyalarni xususiylashtirish hisobiga 14 ta faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalar tugatiladi (aholi va ijtimoiy soha ob’yektlariga suyultirilgan gaz yetkazib berish, rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash, sertifikatlashtirish xizmatlari va boshqalar).

Shuningdek, 2022 yil sentyabrga qadar iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etish kengaytiriladi. «Raqobat to‘g‘risida»gi va «Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida»gi qonunlarni birlashtirish orqali davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish hollari va unga nisbatan monopoliyaga qarshi talablar belgilanadi, tabiiy monopoliya holatini aniqlash bo‘yicha huquqiy instrumentlar kengaytiriladi, bozordagi ustunlik mavqeyini aniqlash mezonlari takomillashtiriladi, davlat ko‘magi (imtiyoz va preferensiyalar) shakllari va ularni taqdim etishga nisbatan monopoliyaga qarshi talablar belgilanadi, auksion (birja) savdolarida manipulyasiyalarning mezonlari va javobgarlik kuchaytiriladi, raqobatni cheklash holatlari uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatida erkin bozor tamoyillari keng joriy etiladi. Jumladan, xom ashyo va materiallar yetkazib berish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxlarini shakllantirishda bozor mexanizmlariga to‘liq o‘tiladi, ayrim tovarlar uchun belgilangan ma’muriy narxlar bosqichma-bosqich bekor qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан