Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 2022 yildan 2 turdagi yangi avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
1.01.2022 18:30,  
726

O‘zbekistonda 2022 yildan 2 ta yangi yengil avtomobil modelini ishlab chiqarish boshlanadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida«gi farmonida belgilab qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, 2022 yildan avtomobil sanoatida kooperatsiyani yanada rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini 1,4 barobarga, eksport hajmini 2 barobarga ko‘paytirish va mahalliylashtirish darajasini oshirish ko‘zlangan. Sohadagi mavjud korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarni oshirish maqsadida:

yangi birlashgan global platformasiga («GEM») o‘tish orqali yillik quvvati 190 ming dona bo‘lgan 2 ta yangi yengil avtomobil modelini ishlab chiqarishni boshlash;

UzAuto Motors Xorazm viloyati filialining avtomobil ishlab chiqarish quvvatini 70 mingdan 100 mingtaga oshirish rejalashtirilgan.

Eksport hajmini 2026 yilga qadar 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqiladi. Avtomobillar xorijiy davlatlarda SKD texnologiyasi asosida ishlab chiqariladi. Nexia avtomobillarni Qozog‘istonda to‘liq siklda (CKD) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yiliga 30 ming donagacha mashinokomplektlar eksporti amalga oshiriladi.

Bunda Andijon viloyatida tashkil qilingan «Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi» maxsus sanoat zonasi va boshqa hududlarda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 151,3 million dollarlik 8 ta yangi loyihalar 2022—2024 yillarda ishga tushiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан