Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 25 yanvar kuni sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan yangi avlod «Tracker»ining narxi ma’lum bo‘ldi
25.01.2021 10:17,  
2008

O‘zbekistonda 25 yanvar kuni sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan yangi avlod «Tracker»ining narxi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida «Avto.Repost» «UzAuto Motors»dagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi «Tracker» xaridorlar uchun muhim bo‘lgan jihatlarni o‘zida mujassamlashtirgan:

zamonaviy dizayn;

xavfsizlik;

qulaylik;

samaradorlik;

tejamkorlik.

Shuningdek, avtomobil panorama lyuk, Led chiroqlar va 8 dyuymli sensor ekranga ega bo‘lgan audio tizim bilan jihozlangan.Shu bilan birga quyidagi texnik xususiyatlar ega:

zamonaviy uch silindrli «Ecotec» turbomotor;

aralash sikldagi yoqilg‘i sarfi 5,5 l / 100 km, quvvati 123 ot kuchi;

6 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi;

kalitsiz salonga kirish va dvigatelni ishga tushirish;

yoqilg‘i sarfini tejashga mo‘ljallangan «Stop-start» intellektual tizimi;

yangilangan va katta hajmli yukxona.

Yangi «Tracker» 2021 yilning 25 yanvar sanasidan boshlab quyidagi komplektasiyalarda, «Chevrolet»standartlari talablariga to‘liq javob beradigan dilerlik markazlarida xarid qilish mumkin:
boshlang‘ich komplektasiya: 145 130 000 so‘mdan boshlanadi;
LT komplektasiya: 193 043 478 so‘m. (Narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan)

Avvalroq «Chevrolet Tracker»ning Xitoyda ishlab chiqarilgan asl varianti O‘zbekistonga yuborilgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан