Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 28 yanvardan boshlab konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etishga ruxsat berildi
26.01.2021 17:35,  
152

O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishi oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi bayonot bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, 2020 yilning noyabr oylaridan boshlab mamlakatda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat biroz bo‘lsa-da barqarorlashganligi munosabati bilan bosqichma bosqich joriy etilgan karantin cheklovlar bekor qilinib, ijtimoiy va iqtisodiy sohalar faoliyati tiklandi.

“So‘nggi kunlarda kelib tushgan ko‘plab madaniyat soha vakillarining murojaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, xalqimizning madaniy hordiq chiqarishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida konsert-tomosha tadbirlarini joriy yilning 28 yanvaridan boshlab sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya etgan holda tashkil etishga ruxsat berildi”, - deyiladi bayonotda.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan konsert va tomosha tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha quyidagi talablar belgilandi:

konsert saroylarining tomoshabin sig‘imini inobatga olgan holda tomoshabinlar sonini 50 foizdan oshirmagan holda tashkil etish;

konsert saroylarining tomoshabin o‘rindiqlaridan oraliq masofani saqlagan holda foydalanilishini ta’minlash va bu borada oraliq masofani saqlash uchun talab etiladigan o‘rindiqlarni konservatsiya qilish;

konsert saroylariga tashrif buyuruvchi tomoshabin hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar niqobda (maskada) bo‘lishi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан