Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 30 noyabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi
29.11.2019 20:09,  
647

«O‘zgidromet» O‘zbekistonda 30 noyabr, shanba kuni ob-havo qanday bo‘lishini ma’lum qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushadi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3—5 daraja sovuq, kunduzi 8—10 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi;

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi;

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi;

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 3—8 daraja iliq bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан