O‘zbekistonda 7 oyda pensiya va nafaqa oluvchilar qariyb 140 ming nafarga ko‘paydi

O‘zbekistonda 7 oyda pensiya va nafaqa oluvchilar qariyb 140 ming nafarga ko‘paydi

Foto "Xalq so‘zi"

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy tuman (shahar) bo‘limlarida hisobga olingan pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 2021 yil 1 avgust holatiga 3 959,7 ming nafarni (bundan, 2 245,5 ming nafari (56,7 foizi) ayollar) yoki aholi sonidagi ulushi 11,4%ni tashkil qilgan holda 2021 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 134,5 ming nafar (3,5%)ga ko‘paydi.

Shundan, 2 939,5 ming nafari (74,2%)ni yoshga doir pensiya (bundan, 1 881,6 ming nafari yoki 64 foizi ayollar), 396,8 ming nafari (10,0%)ni nogironlik pensiya (bundan, 162,8 ming nafari yoki 41 foizi ayollar), 193,5 ming nafari (4,9%)ni boquvchisini yo‘qotganlik pensiya oluvchi oilalar va 429,9 ming nafari (10,9%)ni nafaqa oluvchilar tashkil qildi (bundan, 201,1 ming nafari yoki 46,9 foizi ayollar).

Xususan, 2021 yil 1 yanvar holatiga nisbatan, yoshga doir pensiya oluvchilar soni 90,5 ming nafar kishi (3,2%)ga, nogironlik pensiya oluvchilar soni 10,2 ming nafar kishi (2,7%)ga, boquvchisini yo‘qotganlik pensiya oluvchi oilalar soni 4,4 ming oila (2,3%)ga va nafaqa oluvchilar soni 29,4 ming nafar kishi (7,3%)ga ortdi.

2021 yilning yanvar-iyul oylarida 226,8 ming nafar (bundan, 110,5 ming nafari yoki 48,7 foizi ayollar) fuqarolarga yangi pensiya va nafaqalar tayinlandi (shundan, 149,3 ming nafari  (65,8%)ga yoshga doir pensiya, 20,7 ming nafari (9,2%)ga nogiron shaxs sifatida pensiya, 13 ming oila (5,7%)ga boquvchisini yo‘qotganlik pensiya va 43,8 ming nafari (19,3%)ga nafaqalar tayinlandi).

2020 yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 36,7 ming nafar yoki 19,3 foiz fuqarolarga pensiya va nafaqa ko‘p tayinlandi.