Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 82 turdagi yarim tayyor va tayyor xomashyolar uchun import boji bekor qilindi
23.10.2021 12:45,  
227

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga binoan O‘zbekistonda 82 turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojidan ozod qilindi. Bu haqda «Norma» xabar berdi.

Hujjat bilan 2024 yil 1 yanvarga qadar import bojxona boji «nol» stavkada qo‘llaniladigan ayrim turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ro‘yxatga quyidagi mahsulotlar kiritilgan:

– kastor yog‘i va uning fraksiyalari;
– asbest;
– natriy gidroksidi (kaustik soda) qattiq shaklda;
– karbidlar, kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq;
– o‘simlik yoki chorvadan olinadigan bo‘yovchi moddalar;
– keramik mahsulotlar, emal yoki oyna ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan – shishasimon emallar va glazurlar va shunga o‘xshash preparatlar;
– to‘qimachilik bo‘yog‘i;
– sirti faol organik moddalar (sovundan tashqari); sirti faol vositalar, yuvish – vositalari (shu jumladan yordamchi yuvish vositalari) va tarkibida sovun –– mavjud yoki mavjud bo‘lmagan tozalash vositalari;
– moylash materiallari hamda to‘qimachilik matolari, charm, mo‘yna yoki boshqa materiallarga yog‘ va moy bilan ishlov berish uchun foydalaniladigan vositalar;
– sun’iy mum;
– tayyor yelimlar va boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan boshqa tayyor adgezivlar;
– fermentlar, fermentli preparatlar;
– to‘qimachilik tarmog‘ida qo‘llaniladigan pardozlash vositalari, bo‘yashni tezlashtirish yoki bo‘yoqlarni mustahkamlash vositalari va boshqa mahsulotlar hamda tayyor preparatlar;
– sun’iy mo‘yna;
– yelimlangan fanera, fanera holiga keltirilgan panellar va qatlamli yog‘ochdan shunga o‘xshash materialla;
– filtr qog‘oz va karton;
– apparatda yigirilgan jun kalava ipidan yoki apparatda yigirilgan jonivorlarning ingichka sochidan tayyorlangan gazlamalar;
– zig‘irpoya tolasidan to‘qilgan gazlamalar;
– kompleks sintetik va sun’iy iplardan to‘qilgan gazlamalar;
– kimyoviy iplardan va boshqa to‘qimachilik materiallaridan to‘qilgan to‘rlar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан