O‘zbekistonda 9 may kuni bayram salyuti tashkil qilinadi

O‘zbekistonda 9 may kuni bayram salyuti tashkil qilinadi

Prezidentning tegishli qaroriga binoan, Toshkent shahrida 2021 yil 9 may soat 21.00 da Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram salyuti tashkil qilinadi. Ushbu bayram salyutini tashkil qilishga Mudofaa vazirligi mas’ul etib belgilandi.

Shuningdek, qarorga binoan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining istaklari asosida ularni respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yuborilishi ta’minlanadi hamda ularning har biriga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ularni parvarish qilish maqsadida tibbiy bilimlarga ega xodimlar (shartnoma asosida) biriktirilgan holda doimiy ravishda patronaj xizmati yo‘lga qo‘yiladi.