Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 96 ming o‘rinli talabalar yotoqxonasini qurish uchun 4,4 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi aytildi
22.05.2021 19:17,  
67

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov «Toshkent 5 tashabbus harakati» doirasidagi ochiq muloqot chog‘ida 96 ming o‘rinli talabalar yotoqxonasini qurish uchun 4,4 trillion so‘m mablag‘ ajratilishini bildirdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

«Bugungacha 58 ming o‘rinli talabalar turar joylari bor edi. Ya’ni, ehtiyojning 28 foizi qondirilgan. Ayniqsa, pandemiya davrida talabalar qiynaldi. Muhtaram Prezidentimiz 4,4 trillion so‘m mablag‘ ajratib, 2025 yilgacha 96 ming o‘rinli yotoqxona qurishga topshiriq berdilar», — deydi vazir.

1 sentyabrgacha karavotlarni ikki yarusli qilish hisobiga yana 35 mingta talabalar o‘rinlari tashkil qilinishi ham ta’kidlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан