Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 99% benzin chetdan import qilinmoqda
29.09.2020 17:26,  
521

O‘zbekistonda, 1 sentyabr holatiga ko‘ra, import qilingan benzin hajmi 90,1 mln. litrni tashkil qilmoqda. Ayni sana holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 694,2 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Usmon Abdurasulov xabar berdi. 

Benzin importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 87 mln. litrga oshgan. 

2020 yilning yanvar-avgust oylarida import qilingan benzinning eng ko‘p hajmi Qozog‘iston (47,7 mln. l.), Rossiya (36,5 mln. l.), Turkmaniston (5,6 mln. l.) va 232,1 ming litr bilan Qirg‘iz Respublikasi hissasiga to‘g‘ri kelgan. 

2020 yilning may oyidan Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi va neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan ularni sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladigan bo‘ldi. Bu esa Ai-80 benzinini bozor orqali sotishni qo‘llab-quvvatladi va import hajmini oshirdi. 

Oradan biroz vaqt o‘tib, 25 may kuni mahalliy bozor ehtiyojlarini 1% (!) ga qondira olmaydigan O‘zbekneftgaz kompaniyasi import qilinadigan benzin uchun aksiz solig‘ini 5% dan 20% ga oshirishni taklifi bilan chiqdi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi esa bu taklifni maqsadga muvofiq emas deb topgan edi.

 

O‘zbekiston birjasida ilk bor ECO-93 turkman benzini sotuvga qo‘yildi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан