Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda AI-80 markali avtomobil benzinining narxi yana qariyb 3 foizga ko‘tarildi
11.05.2021 09:25,  
299

"O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi"da avtomobil benzini deyarli o‘zining boshlang‘ich qiymatida sotildi. Birjada shakllangan o‘rtacha narx va benzinning sotuvchi-korxonalari tomonidan mustaqil ravishda o‘rnatiladigan boshlang‘ich narxlar o‘rtasidagi tafovut atigi – 0,4% ni tashkil qilgan.

O‘tgan haftada birja savdolariga 30291,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 18348,3 tonnasi, ya’ni 60,6% sotildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sotuvchi-korxonalar AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha boshlang‘ich narxlarini mahsulotning bir tonnasi uchun 6 503,6 ming so‘mdan 6 680,9 ming so‘mgacha yoki 2,7% ga ko‘tarishdi.

Shu munosabat bilan, AI-80 markali avtomobil benzinning o‘rtacha kunlik narxi ham mos tarzda 6 511,9 mingso‘mdan 6 691,6 ming so‘mgacha, ya’ni 2,8% ga, ya’ni sotuvchilarning boshlang‘ich narxlarini ko‘tarishi hisobiga o‘sdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 619,9 ming so‘mni, AI-91 – 7 665,6 ming so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 apreldagi PQ-4664-son qaroriga muvofiq «O‘zbekneftgaz» AJ tasarufidagi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan birja savdolariga qo‘yiladigan avtomobil benzinining boshlang‘ich narxlari, jahon birjalardagi Brent neftining kotirovkalaridan kelib chiqib shakllanadi.

Turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан