Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda AQSh harbiy bazalari bormi: Mudofaa vazirligi munosabat bildirdi
9.01.2020 18:49,  
4002

So‘nggi kunlarda AQShning Eron bilan o‘zaro ziddiyatlari jahon hamjamiyati e’tibori markazida bo‘lib kelmoqda. Xalqaro tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari mazkur voqelik xususida o‘z yondashuvlariga ko‘ra turlicha munosabatlar bildirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jahon axborot manbalarida AQShning Eronga yondosh mamlakat hududlarida joylashtirilishi rejalashtirilgan harbiy bazalar xaritasi bo‘yicha munosabat bildirdi.

Munosabatda aytilishicha, AQShning harbiy bazalari joylashtirilgan, deya tarqatilayotgan xaritalarda O‘zbekistonning Chirchiq va Xonobod hududlari ham ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi O‘zbekiston hududida nafaqat AQShning, hattoki boshqa biror xorijiy davlatlarining harbiy bazalari joylashtirilmaganini ma’lum qildi.

MAVZUGA DOIR: AQSh-Eron ziddiyati: BMT Nizomining 51-moddasi har ikki tomon uchun ham dastakmi?

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан