Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda bezorilik, firibgarlik va poraxo‘rlik o‘tgan yilga nisbatan 2 barobarga oshib ketdi
30.06.2020 15:02,  
207

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga tayanib, Yuksalish harakatining ma’lum qilishicha, 2020 yilning dastlabki 5 oyida 17 271 ta jinoyat qayd etildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 100 taga (41,9 foizga) ko‘p demakdir.

Shu jumladan, bezorilik holatlari soni 2,5 barobarga (2019 yilda 153 ta, 2020 yilda 385 ta), firibgarlik (2019 yilda 1 324 ta, 2020 yilda 2 712 ta), poraxo‘rlik bilan bog‘liq jinoyatlar 2 barobarga oshgan. Bosqinchilik va o‘g‘irlik jinoyatlari ham ko‘paygan.

Infografika: "Yuksalish" umummilliy harakati

Hududlar kesimida jinoyatlarning oshishi Toshkent shahri, Farg‘ona, Samarqand, Andijon va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Masalan, joriy yilning o‘tgan 5 oyida Farg‘ona viloyatida 2 575 ta jinoyat qayd etildi. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobar ko‘p demakdir. Ushbu hududda hisobot davrida o‘g‘irlik va talonchilik 2,5 barobarga oshgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан