Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda Biologik xavfsizlik va Gen texnologiyalari markazi tashkil qilindi
28.07.2020 11:21,  
126

Avval xabar qilganimizdek, «O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori (PQ–4790-son, 27.07.2020 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining (Sanitariya-epidemiologiya xizmati) asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hamda huquqlari belgilandi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga tibbiy majburlov chorasini qo‘llash huquqi berildi

Qaror bilan quyidagilar tashkil qilindi:

- Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida yuridik maqomiga ega bo‘lmagan Biologik xavfsizlik markazi hamda Gen texnologiyalari markazi;

- Sanitariya-epidemiologiya xizmati markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalarida tegishlicha Sog‘liqni saqlash ko‘rsatkichlari tahlili va istiqbolni belgilash markazi va uning bo‘linmalari.

Qarorga ko‘ra shuningdek, xavfni tahlil qilish mexanizmini joriy qilish uchun nazorat ostidagi ob’yektlarning yagona elektron bazasi yaratiladi va 2021 yil 1 yanvardan boshlab to‘liq ishga tushiriladi hamda «Elektron hukumat» tizimiga integratsiya qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан