Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda biometrik pasportlar o‘rniga ID-kartalar joriy etiladi
23.09.2020 10:20,  
268

“O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, quyidagilar belgilandi:

- biometrik pasport o‘rniga joriy etilayotgan identifikatsiya ID-kartalarini olish va almashtirish uchun fuqarolarga istalgan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga, ularni almashtirish uchun esa davlat xizmatlari markazlariga ham murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;

- identifikatsiya ID-kartalarini olish uchun O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga, almashtirish uchun esa istalgan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga murojaat qilishi uchun imkoniyatni yaratiladi;

- identifikatsiya ID-kartasining blankasida egasining millati haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmasdan ID-kartaning chipiga kiritiladi;

- fuqaro o‘z ID-kartasini olish yoki almashtirish yuzasidan o‘z vaqtida murojaat qilmagan, yaroqsiz holga keltirgan va yo‘qotib qo‘ygan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi;

  • yangi tug‘ilgan bolaga identifikatsiya ID-kartalari majburiy berilmasdan, uning tug‘ilishi FHDYo organi tomonidan qayd etilib, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma taqdim qilinganidan so‘ng ota-onasi, vasiylari (homiylari) ixtiyoriga ko‘ra rasmiylashtiriladi.

Farmonga ko‘ra:

- identifikatsiya ID-kartalari 1 ish kunida rasmiylashtirib beriladi;

  • murojaat o‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslardan kelib tushganda mas’ul xodim tomonidan 15 kunda ushbu shaxslarning yashash manziliga borgan holda identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtiriladi va ko‘rsatilgan xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi.

ID-kartalar uchun to‘lov miqdori va ularning tayyorlanish muddati ma’lum qilindi (video)

Fuqarolarning biometrik pasportlari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs va chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalarini identifikatsiya ID-kartalariga almashtirish:

- birinchi bosqichda 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrgacha ixtiyoriylik asosida 16 yoshga to‘lganda hamda qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa sabablarga ko‘ra;

- ikkinchi bosqichda 2023 yil 1 yanvardan 2030 yil 31 dekabrgacha majburiy tartibda amalga oshiriladi.

Fuqarolarning biometrik pasporti 2031 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан