Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda LGBT tarafdorlariga qarshi bir guruh odamlar namoyishga chiqishdi (video)
28.03.2021 19:23,  
3350

O‘zbekistonda bir jinsli munosabatlarning qonuniylashtirilishiga qarshi bo‘lgan faollar 28 mart kuni kuni o‘z noroziliklarini bildirish maqsadida Toshkent markazidagi Amir Temur xiyoboni oldida to‘plandi. Tarmoqda voqea joyidan olingan videolar tarqaldi.

Voqea joyiga zudlik bilan huquq-tartibot organlari xodimlari tinchlikni ta’minlash maqsadida yetib kelgan. Holat yuzasidan hozircha biror rasmiy izoh berilgani yo‘q.

Bir jinsli munosabatlarning qonuniylashtirilishiga qarshi faollarning aynan yakshanba kuni tushdan so‘ng shahar markazida to‘planishiga o‘zini LGBT huquqlari himoyachisi sifatida talqin qilgan shaxslar tomonidan berilgan «har yakshanba Amir Temur haykali poyida yig‘ilish» haqidagi e’lon sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Ular tomonidan 6 mart kuni TikTok’da qoldirilgan videoe’londa shu kundan boshlab har yakshanba soat 15:00 da anime (yapon animatsiyasi) muxlislari va Koreya pop-musiqasi ixlosmandlari (kpoper’lar) Amir Temur haykali poyida yig‘ilishi ta’kidlandi.

6 martdagi tadbirning o‘zida ham o‘nlab yosh yigit-qizlar qatnashgan: videolarda uchrashuv qatnashchilari «Naruto» animesiga taalluqli shiorlarni baralla aytayotgani, birgalikda yurishlar uyushtirayotganini ko‘rish mumkin, ayni vaqtda tartibni saqlash jarayoniga huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari jalb qilinmagan.

Avvalroq O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev «ayrim xorijiy OAV va ijtimoiy tarmoqlar bir jinsli juftliklarni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlar prezident Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston qonunchiligidan besoqolbozlik (erkak bilan erkakning jinsiy aloqa qilishi)ni taqiqlovchi normani chiqarib tashlash haqida murojaat bilan chiqqanini muhokama qilayotgani», «buni tasavvur qilishning o‘zi dahshat»ligi haqida yozgan edi.

«Demokratiya yo‘lida inson tabiatiga mos bo‘lmagan harakatlarni qo‘llab-quvvatlashdan bo‘lak har narsaga chidash mumkin, deb o‘ylayman. Lekin erkak bilan erkakning o‘zaro er-xotin sifatida turmush kechirib, munosabat qilishlarini hech qachon qabul qilolmayman. Toki tirik ekanmiz, O‘zbekistonda bunday bema’ni harakatga qonunan ruxsat berilmasligiga ishonaman. Ruxsat berilgan kun bizning o‘lganimiz bo‘ladi... Agar bu inson huquqlariga zid deyishsa, tupurdim bunday huquqiga», — deb qo‘shimcha qilgandi deputat.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан