Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ilk bora IVL apparati ishlab chiqarilmoqda
26.06.2020 15:47,  
238

Toshkentdagi Yashnobod innovatsion texnoparki rezidenti hisoblangan "Xirana+" kompaniyasi Chirana Asia brendi ostida O‘zbekistonda birinchi mexanik shamollatish moslamasini ishlab chiqardi. 

"Xirana+" rahbari Vasiliy Shimkoning so‘zlariga ko‘ra, qurilma Innovatsion rivojlanish vazirligi, shuningdek tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi ko‘magida va hamkorlikda ishlab chiqarildi.

"2020 yil avgust oyida zavodni O‘zbekistonning yuqori martabali mulozimlari ishtirokida va butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zavod negizida mexanik shamollatish apparatlaridan foydalanish bo‘yicha seminarlar uchun xizmat ko‘rsatish va o‘quv markazini tashkil etish rejalashtirilgan. Kompaniya ishlab chiqarishga 8 million dollardan ortiq sarmoya kiritadi va 100 ga yaqin ish o‘rinlarini yaratadi.

Yil oxiriga kelib zavodda 100 ga yaqin shamollatish moslamalari ishlab chiqariladi. Kelgusida ishlab chiqarish hajmi yiliga 500 dona apparatga yetkaziladi. Mahsulotlar Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonda ham sotiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан