Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda birinchi marta davlat fuqarodan elektr energiya sotib oldi
4.11.2021 08:12,  
370

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro quyosh fotoelektr stansiyasida ishlab chiqarilgan elektr energiyani hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotishni boshladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Rasulov Rahimjon xonadonida 6 kVt quvvatli kichik quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatib, ushbu stansiya orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojlaridan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotishni boshlagan.

3 noyabr kuni mazkur xonadon egasi va Energetika vazirligi tizimidagi Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasida «Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining kichik ob’yektlaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida» shartnoma imzolangan. Endilikda ushbu xonadonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini hududiy elektr ta’minoti korxonasi tomonidan kafolatlangan tarzda sotib olinadi.

Ushbu shartnoma umumiy o‘rnatilgan quvvati 1 megavattgacha (o‘zgaruvchan tok) bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari ob’yektlaridan, (mikro va kichik gidroelektr stansiyalardan tashqari) elektr energiyasini xarid qilishga taalluqlidir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан